Rossiyaning Ekaterinburg shahridagi O`zbekiston bosh konsulxonasi va Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi vakolatxonasi xodimlari Kolsovo xalqaro aeroportida 30 ga yaqin yurtdoshlarimizning reysdan qolib ketgani haqidagi murojaatini o`rgandi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum bo`lishicha, “Red vings” aviakompaniyasining 2021 yil 5 oktyabr kuni soat 07:00da belgilangan Ekaterinburg – Namangan reysi o`z vaqtida uchmagan. Reys dastlab 6 oktyabr kuni soat 23:00ga, keyinroq esa 8 oktyabr kuni soat 01:15ga ko`chirilgan.
Mazkur vaqt oralig`ida chipta olgan yurtdoshlarimizga ovqat va turar joy taqdim etilmagan va ular PSR testini bir necha bor qayta yangilashga majbur bo`lgan.
Yurtdoshlarimiz 8 oktyabr kuni soat 01:15da avikompaniya tomonidan Ekaterinburg – Farg`ona yo`nalishida O`zbekistonga uchgan.
Hozirgi vaqtda yuqoridagi holat, xususan aviakompaniya xodimlari harakatlariga huquqiy baho berish maqsadida vakolatli tashkilotlarga murojaat etildi.






