AsosiyJamiyat

O`zbekistonga ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining ikkinchi partiyasi etkazildi

'O`zbekistonga  ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining ikkinchi partiyasi etkazildi'ning rasmi

 “Jurabek Laboratories” MChJ qo`shma korxonasi tomonidan  ZF-UZ-VAC2001 ning 1 219 510 dozalik ikkinchi partiyasi ham Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga etkazib berildi.  

Bu haqda SSV matbuot kotibi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, O`zbekistonda emlash jarayonlarida foydalanilayotgan jami vaksina 29 893 038 dozani tashkil qilmoqda.

Ulardan:  

  • 1 594 480  dozasi AstraZeneca,
  • 23 177 998 million dozasi ZF-UZ-VAC2001,
  • 720 500 dozasi "Sputnik V",  
  •  3 000 060 dozasi Moderna,
  • 1 200 000 dozasi Pfizer/BioNTech,
  •  200 000 dozasi Sinovac vaksinasidir.


Ta`kidlanishicha, shundan 22 956 058 dozasi emlash jarayonlarida qo`llanilgan bo`lib, 5 328 121 nafar aholi koronavirusga qarshi barcha bosqichlarda to`liq emlangan.

    Boshqa yangiliklar