4 sentyabr kuni soat 22:50 larda, Toshkent shahar, Yunusobod tumani, A.Navoiy ko`chasida haydovchi, 1991 yilda tug`ilgan J.K. "Lacetti" rusumli avtomobilda xavfli manyovrlar bilan, ruxsat etilmagan bo`lsada transport vositasiga yalt-yalt yonuvchi mayoqchalar o`rnatgan.
Shu vaqtda ushbu ko`chada xizmat olib borayotgan YPX xodimi Z.Ahmadjanov tomonidan to`xtatilgan. Tekshiruv davomida avtomobil yon oynalarining tusi tegishli ruxsatnomasiz qoraytirilganligi ham aniqlangan. Haydovchi YPX xodimining qonuniy talablarini bajarmagan.
Unga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning 126, 128⁵, 135, hamda 194-moddalari tartibida ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan va avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qo`yilgan.






