AsosiyJamiyat

Samarqandda ko`p qavatli uylarning qurilishida ishlayotgan ko`tarma kran qulab tushdi

'Samarqandda ko`p qavatli uylarning qurilishida ishlayotgan ko`tarma kran qulab tushdi'ning rasmi

Qurilishda ishlayotgan ko`tarma kran qulab tushdi. Samarqand viloyati IIB Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, hodisa oqibatida jarohat olganlar yo`q.

2021-yilning 13-oktyabr kuni soat 14:30 larda Kattaqo`rg`on shahrining Ulug`bek Barnoev ko`chasida qurilayotgan ko`p qavatli uylarni qurishda foydalanilayotgan ko`tarma kran transporti yuk og`irligini ko`tara olmay qulab tushgan.  

Hodisa natijasida kran haydovchisi 1991-yilda tug`ilgan N.T. shahar tibbiyot birlashmasiga yuborilib, birinchi tibbiy yordam ko`rsatilgan. Hozirda haydovchining ahvoli yaxshi.  

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar