Bugun “Transmashxolding” AJ tarkibiga kiruvchi “Metrovagonmash”AJ 20 ta zamonaviy metro vagonlarini ishlab chiqardi. Ushbu vagonlarni Toshkentga jo`natildi ikki davlat o`rtasidagi shartnoma majburiyatlarining bajarilishini yakunladi.
Ma`lumot berilishicha, yuborilgan vagonlardan Toshkentda to`rtta vagonli 5 ta metro poezdi shakllantiriladi. Ushbu modifikasiyadagi harakatlanuvchi tarkiblari etkazilishi bilan Toshkent metropolitenida zamonaviy poezdlar soni jami 60 vagonni, ya`ni 15 ta to`rt vagonli poezdlarni tashkil etadi.
2019 yilda metropolitenning 20 vagonidan iborat birinchi partiyasi Toshkentga etib kelgan.
2021 yil avgust oyida esa “Metrovagonmash” AJ O`zbekistonga yana 20 ta metro vagonini jo`natdi. Yangi metro vagonlarining barchasi Toshkent metrosining o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqarilgan.






