AsosiyJamiyat

Mudhish YTH: Samarqandda haydovchining uxlab qolishi tufayli 2 nafar yo`lovchi mashinada yonib ketdi

'Mudhish YTH: Samarqandda haydovchining uxlab qolishi tufayli 2 nafar yo`lovchi mashinada yonib ketdi'ning rasmi

Samarqandda Mudhish YTH yuz berdi. Unda ikki nafar yo`lovchi hayotdan ko`z yumdi.

Viloyat IIBning xabar berishicha, bunga haydovchining avtomashina boshqaruvi vaqtida uxlab qolgani sabab bo`lgan.

Qayd etilishicha, 2021 yilning 14 oktyabr kuni soat 6:20 larda Bulung`ur tumani hududidan o`tuvchi M-39 avtomobil yo`lining 1050-km.da "Nexia”” rusumli transport vositasi haydovchisi yuqori tezlikda harakatlanib kelib, boshqaruv vaqtida uxlab qolishi natijasida yo`lni ajratib turuvchi beton to`siqqa uriladi va oqibatda ag`darilib ketadi.

YTH natijasida transport vositasida yong`in sodir chiqqan. Hodisa tufayli mashina salonida bo`lgan ikki nafar yo`lovchi voqea joyida vafot etgan. Haydovchi tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

"Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Barcha haydovchilardan yo`llarda hushyor, ogoh bo`lishlarini, uzoq manzillarga yo`lga chiqishdan oldin dam olishlarini, mashinada ketayotganda charchoq alomatlari sezilsa, to`xtab, dam olishlarini so`raymiz. Tezlikni me`yoridan oshirmang",–deyiladi xabarda.

Boshqa yangiliklar