O`zbekistonda koronavirusga chalinish ko`rsatkichi pasaymoqda. SSVning xabar berishicha kecha O`zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar soni 350 nafardan kamayib, yana 380 nafarga yaqin kishi kasallikdan to`liq sog`aydi.
13 oktyabr holatiga, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 179711 (+340) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 5 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
- 13 nafari Andijon viloyatida,
- 6 nafari Buxoro viloyatida,
- 9 nafari Jizzax viloyatida,
- 5 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 2 nafari Navoiy viloyatida,
- 11 nafari Namangan viloyatida,
- 42 nafari Samarqand viloyatida,
- 10 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 4 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 23 nafari Farg`ona viloyatida,
- 13 nafari Xorazm viloyatida,
- 53 nafari Toshkent viloyatida,
- 144 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1280 nafarni tashkil qilgan.