Rossiya Federasiyasining "Torjokskaya obuvnaya fabrika", "OKN servis", "Konstanta" va "KAMAZ" tashkilotlaridagi tikuvchi, tikuv uskunalari operatori, yuk tashuvchi va tarqatuvchi, qadoqlovchi, baliqni qayta ishlash, elektr-gaz payvandchi, shtamplovchi, avtomobil haydovchisi, konstruksiya bilan bog`liq texnik asboblar montajchisi, traktor haydovchisi, chilangar, muhandis-konstruktor, muhandis-texnolog, avtomobil qismlari payvandchisi kabi qator sohalardagi bo`sh ish o`rinlari uchun joriy yil 15 oktyabr kuni onlayn tarzda tanlov o`tkaziladi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Tanlovda ishtirok etish istagida bo`lgan fuqarolar uchun talablar quyidagicha:
- So`ralgan soha bo`yicha kasbiy mahoratga ega bo`lishi.
- 18-50 yosh oralig`ida bo`lishi;
- Yuqori talabchanlik;
- Sudlanmagan bo`lishi;
- O`zbekistondan chiqishga va Rossiyaga kirishga ta`qiq qo`yilmagan bo`lishi.
- Oylik maosh (ish hajmi va ish grafigiga bog`liq).
Tanlov o`tkaziladigan hududlar:
*Qoraqalpog`iston Respublikasi, Nukus shahri, "Ishga marhamat" monomarkazi binosi, Utepova ko`chasi r/u. Mo`ljal: "Istiqlol bog`i" (Kvadrat park). Murojaat uchun: Tel:. 55-102-53-32, 55-102-53-34.
*Andijon shahri, Amir Temir shoh ko`chasi, 39-uy. Mo`ljal: Avtovokzal. Murojaat uchun: Tel:. 95-202-33-55.
*Buxoro shahri, Piridastgir ko`chasi, 13-uy. Mo`ljal: Buxoro "Ishga marhamat" monomarkazi. Murojaat uchun: Tel:.65-226-56-99; 99-708-49-98.
*Jizzax shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazi. Manzil: Jizzax shahri, Jizzaxlik MFY, Sharof Rashidov shoh ko`chasi, 44-uy. Mo`ljal: Avvalgi San`at kolleji binosi, 1-sonli Notarial idora. Tel:. 72-223-90-65, 72-223-90-66.
*Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, A.Navoiy ko`chasi, 70a-uy. Mo`ljal: "Ishga marhamat" monomarkazi. Murojaat uchun: Tel:. 91-214-26-27, 97-293-27-52, 97-770-04-92.
*Navoiy shahri, Navoiy ko`chasi 43a-uy. Mo`ljal: Viloyat BKM. Murojaat uchun: Tel:. 79-224-11-60.
*Namangan shahri, Nodira ko`chasi, 3-uy. Mo`ljal: Sardoba bozor, Zangori ekran yonida BKM binosida. Murojaat uchun: Tel:. (69) 227-94-64, (69) 227-97-27.
*Farg`ona shahri, B.Marg`inoniy ko`chasi, 4-uy. Mo`ljal: 10-maktab, Viloyat Bandlik bosh boshqarmasi binosi. Murojaat uchun: Tel:. (73) 244-40-01.
*Samarqand shahar, Ko`ksaroy maydoni, 1-uy. Mo`ljal: Viloyat hokimiyati. Murojaat uchun: Tel:. 66-233-24-00, 66-233-53-00.
*Sirdaryo viloyati, Guliston shahri, Xondamir ko`chasi, 49-uy. Mo`ljal: Monomarkaz binosi. Murojaat uchun: Tel:. 67-225-55-59.
*Surxondaryo viloyati, Termiz shahri, Marjon ko`chasi, 2-uy. Mo`ljal: Eski shahar ABKM binosi. Murojaat uchun: Tel:. 76-222-45-22.
*Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Qumariq MFY, Qumariq shoh ko`chasi, 1-uy. Mo`ljal: Sada avtobus bekati. Murojaat uchun: Tel:. 70-202-06-20.
*Xorazm viloyati, Urganch shahri, Baynalmilal ko`chasi 6-uy. Mo`ljal: Monomarkaz binosi. Murojaat uchun: Tel:. 62-224-12-35.
*Toshkent shahri, Mirobod tumani, Shahrisabz ko`chasi 34-uy. Mo`ljal: Yapon markazi binosi. Murojaat uchun: Tel:. 71-236-30-40.
Qo`shimcha ma`lumot uchun: (71) 202-33-55 (ichki raqam 40 yoki 88) telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.