AsosiyJamiyat

Rossiyadan O`zbekistonga qayta olmayotganlar uchun 4 ta maxsus yo`lovchi poezdlar qatnovi yo`lga qo`yilmoqda

'Rossiyadan O`zbekistonga qayta olmayotganlar uchun 4 ta maxsus yo`lovchi poezdlar qatnovi yo`lga qo`yilmoqda'ning rasmi

Pandemiya davrida Rossiya davlatida qolib ketgan yurtdoshlarimizga mamlakatimizga kelishlari uchun qulaylik yaratish maqsadida “O`zbekiston temir yo`llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan “Voljskiy-Toshkent” yo`nalishida 483-sonli yo`lovchi poezdining 4 ta maxsus reysi yo`lga qo`yiladi. Bu haqda  “O`zbekiston temir yo`llari” AJ Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, mazkur poezdlar 2021 yil 22, 25, 29 oktyabr hamda 1 noyabr kunlari soat 20:57 da “Voljskiy-Toshkent” yo`nalishida harakatini amalga oshiradi.  

Mazkur poezdlarga faqat bir tomonga, ya`ni “Voljskiy-Toshkent” yo`nalishiga chiptalar sotiladi. Chiptalarni elektron tarzda ham sotish yo`lga qo`yilgan. Rossiyadagi fuqarolarimizning yaqinlari O`zbekistonda turib, ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjati nusxasi bilan “O`zbekiston temir yo`llari” aksiyadorlik jamiyati veb-sayti orqali e-ticket.railway.uz dan chiptalarni elektron tarzda xarid qilib olib, jo`natishlari ham mumkin.


 

Izoh: Qo`shimcha ma`lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo`l kassalari hamda ma`lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

    Boshqa yangiliklar