«Nasaf TV» telekanalining xabar qilinishicha, 7 oktyabr kuni soat 07:45 larda Buxoro—Nukus—Benau avtomobil yo`lining 15-kilometri oralig`ida, ya`ni G`uzor tumani Toshguzar qishlog`i hududidan o`tuvchi yo`lda harakatlanib borayotgan "Nexia" avtomobilining orqa chap g`ildiragi chiqib ketgan.
G`ildirak beton to`siqdan o`tib, qarama-qarshi yo`nalishda kelayotgan "Nexia" avtomobilining tom qismiga urilgan. Engil mashina haydovchi olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.
Hozirda holat yuzasidan G`uzor tumani IIB Tergov bo`limi tomonidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






