Poytaxtdagi Munis-TXAY ko`chalari kesishmasidagi ko`chalarda avtotransport vositalarining harakati vaqtinchalik cheklandi. Bu haqda "Toshshahartransxizmat" kompaniyasi e`lon berdi.
Ma`lum qilinishicha, bunga Toshkent metropolitenining Qo`yliq yo`nalishida qurilish ishlari olib borilayotganligi sabab bo`lgan.
Shu munosabat bilan, 2021 yil 14 oktyabr kundan boshlab, 15, 81, 93, 119-sonli avtobus yo`nalishlari quyidagi ko`chalardan harakatini davom ettiradi:
- 15-sonli avtobus yo`nalishi - "Qo`yliq 1-mavzesi" avtoshoxbekatidan Munis, Farg`ona yo`li ko`chalari, Qo`yliq ko`prik yo`li ostidan burilib olib Jarqo`rg`on, Izzat, Beshariq, Aviasozlar, Elbek ko`chalari orqali "Do`stlik metrosi" avtoshoxbekatigacha va qaytish yo`nalishidagi harakati "Do`stlik metrosi" avtoshoxbekatidan Elbek, Aviasozlar, Beshariq, Izzat, Jarqo`rg`on, Farg`ona yo`li, Munis ko`chalari orqali "Qo`yliq 1-mavzesi" avtoshoxbekatigacha;
- 81, 93-sonli avtobus yo`nalishi - "Qo`yliq 1-mavzesi" avtoshoxbekatidan Munis, Farg`ona yo`li, Qo`yliq ko`prik yo`li ostidan burilib olib Farg`ona yo`li ko`chasi orqali o`z yo`nalishini davom ettirgan holda va qaytish yo`nalishidagi harakati Farg`ona yo`li, Munis ko`chalari orqali "Qo`yliq 1-mavzesi" avtoshoxbekatigacha;
- 119-sonli avtobus yo`nalishi - THAY ko`chasi bo`ylab “Mebellar do`koni” bekatigacha qisqartirilgan holda harakatlanadi.






