JSST milliy konsultanti Renat Latipov Innovasion rivojlanish vazirligida o`tkazilgan «COVID-19. Vaksinasiya - erishilgan yutuqlar, istiqboldagi reja va maqsadlar» mavzusidagi konferensiyada ma`ruza qilgan.
Uning ta`kidlashicha, epidemiologik tadqiqotlar ko`rsatganidek, homilador ayollarda o`ta og`ir kasallikka chalinish xavfi juda yuqori. Shuning uchun homilador ayollarni emlash joiz. Emlashdan oldin homiladorlikni aniqlash uchun tahlil qilish ham tavsiya etilmaydi va emlanib bo`lgach, homiladorlik haqida bilgach, uni to`xtatish (tushirish) ham tavsiya etilmaydi. Emizikli ayollar ham emlanishi mumkin. Bu sut tarkibi va bola salomatligiga ta`sir qilmaydi.






