Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi shahrida qum ortilgan yuk avtomobili ag`darilib ketganligi bo`yicha videolar tarqaldi.
Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasining ma`lumotiga ko`ra, bugun - 14 oktyabr kuni soat 10:30 larda Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri hududidan o`tuvchi 4R-79 "Qarshi – Shahrisabz" avtomobil yo`lining 5-kilometrida haydovchi J.Z. boshqaruvidagi "Howo" rusumli yuk avtomobil hamda haydovchi E.A. boshqaruvida bo`lgan "Nexia" va haydovchi X.M. boshqaruvidagi "Spark" rusumli avtomobillar ishtirokida YTH sodir bo`lgan.
Hodisa natijasida tan jaroxati olgan fuqarolar yo`q. Transport vositalariga zarar etgan.
️Mazkur holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.






