Bu galgi "Halqchil yondoshuv"ning mehmoni namanganlik tadbirkor Abduvohid Azimov bo`ldi.
U yaqin o`tmishdagi tadbirkorlar uchun to`silgan to`siqlarni yodga oldi.
" - Hammamiz bunga guvohmiz, o`zingizni pulingizni yoningizda olib yurolmagan vaqt bo`lganku. Juda uzoq tarixmas bu, yaqin tarix bu.... Kechasi uyqungiz qochib ketgan vaqtlar bo`lgan...., hadik bilan yurilgan... Hozirga kunda mana erkinlik bor, xotirjam, mashinangizni orqasida qancha pulingiz bo`lsa olib ketaverasiz..", - e`tirof etadi bugun tadbirkorlarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida gapirar ekan Abduvohid Azimov.
U odamlarni ish bilan band qilish faqat hukumatnining ishi bo`lsamligi kerakligini, buning uchun qo`lida mablag`i bor, ish bor odamga imkoniyat yaratilishi zarurligini ta`kidlaydi.






