AsosiyJinoyat

Payariqda tadbirkorlarning 548,5 mln so`mlik mulkini o`zlashtirgan firibgarlarning qilmishi fosh bo`ldi

'Payariqda tadbirkorlarning 548,5 mln so`mlik mulkini o`zlashtirgan firibgarlarning qilmishi fosh bo`ldi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Payariq tuman bo`limi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv  o`tkazildi. 

Unda, fuqaro T.M. va boshqalar tumandagi “D.” MChJ hamda “M.” oilaviy korxonasini boshqargan davrida, Toshkent shahridagi “D.”va “P.” MChJlar hamda “E.” xususiy korxonasining 548,5 mln so`mlik mulkini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganliklari, shuningdek fuqaro Sh.ning ishonchiga kirib, uning nomiga yuqoridagi sub`ektlardan 171 mln so`mlik mebel jihozlarini qabul qilib olganligi to`g`risida hujjatlarni rasmiylashtirib, mahsulotlar sotuvidan tushgan naqd pul mablag`larini bank muassasasiga topshirmasdan savdo qoidalarini buzganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 189-moddasi (savdo yoki xizmat ko`rsatish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar