AsosiyJamiyat

O`zbekiston qamoxonalarida qancha diniy va siyosiy mahbuslar mavjudligi ochiqlandi

'O`zbekiston qamoxonalarida qancha diniy va siyosiy mahbuslar mavjudligi ochiqlandi'ning rasmi

AQShning Xalqaro diniy erkinlik bo`yicha komissiyasi (USCIRF) hisobotida keltirilishicha, O`zbekiston diniy va siyosiy mahbuslarni saqlash bo`yicha dunyoda eng yuqori ko`rsatkichga ega.
 

USCIRF ma`lumotlarida, O`zbekistonda 2016 yil oxiridan boshlab minglab mahbuslar ozod qilinganiga qaramay, 2000 dan ortiq diniy va siyosiy mahbuslar qamoqda qolmoqda. Ularning 1176 nafari maxsus koloniyalarda, 1000 nafari esa manzil-koloniyalarda saqlanadi.

Ularning umumiy soni 2176 nafar. Bu mamlakatdagi mahbuslarning 10 foizga yaqinini tashkil etadi. Shuningdek, 2020 yil oxirida 43 ta qamoqxonada 22 867 nafar mahbus bo`lgan.

Tadqiqotning rasmiy ma`lumotlarida yaqinda qamoqdan ozod qilingan mahbuslar, huquq himoyachilari va ayni paytdagi mahbuslarning qarindoshlari bilan suhbatlar hamda sud hujjatlari keltirib o`tilgan.

Qayd etilishicha, ko`p sondagi diniy mahbuslar faqat taqiqlangan diniy guruhlarga a`zolikda ayblanib, zo`ravonliklarga aloqadorligi isbotlanmagan holda hukm qilingan.

 

Shu bilan birga, Jinoyat kodeksining 221-moddasi (jazoni ijro etish muassasasi ma`muriyatining qonuniy talablarini bajarmaslik) bekor qilinganiga qaramay, O`zbekistonda diniy va siyosiy mahbuslarning katta qismi yangi ayblovlar bilan hali ham hibsda saqlanmoqda. Bu esa hukmning takroran chiqarilishi adolatli sudlov standartlarining buzilishiga olib kelmoqda.

 

Ma`lum bo`lishicha, O`zbekiston hukumati ushbu diniy mahkumlar uchun chiqarilgan qayta hukmlar to`g`risidagi aniq ma`lumotlarni taqdim etmagan.

Biroq hisobotga ko`ra, qayta hukm o`qilganlarning aksariyati JKning 159, 216, 244- va boshqa ekstremizmga oid moddalari bo`yicha qamalgan mahbuslardir. Komissiya hujjatlarining ilovalarida bunday mahkumlar uchun yangi qamoq muddatlari 6 yildan 18 yilni tashkil qilishini ko`rsatib o`tgan.

Hususan, Komissiya ekspertlarining fikricha, hukumat imkon qadar tezroq qamoqdalik vaqtida 221-modda bo`yicha muddati uzaytirilgan yoki qayta hukm o`qilishi bilan bog`liq har bir mahkum ishini maqsadli tartibda o`rganib chiqishi lozim.

Hisobotda jami 81 nafar mahkumning ismlari keltirilgan bo`lib, ular: Toxir Jumanov, Miraziz Mirzahmedov, Ravshan Karimov, Jamshidbek Otabekov, Shamsiddin Giyosov, Rustam Turnaziev, Nomoz Normurodov, Shuhrat Usmanovdir va boshqalar maxbuslarning ham nomi ro`yxatda keltirilgan.

Ma`lumot o`rnida: alohida qayd etilgan mahbus Avaz To`xtaxo`jaev 1999 yilda birinchi marta sudlanganidan beri qamoq muddati besh marta uzaytirilgan.

Eslatib o`tamiz, avvalroq Rossiya poytaxti Moskvada “Hizb ut-Tahrir” guruhi qo`lga olingani haqida xabar berilgandi.

    Boshqa yangiliklar