Ijtimoiy tarmoq orqali “Qarshi tumanidagi maktabda o`quvchilar dars vaqtida majburiy mehnatga jalb qilingani aytilmoqda” mazmunidagi xabar tarqaldi. Holat bo`yicha Qashqadaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o`rganish o`tkazildi.
O`rganish davomida Qarshi tumani Xalq ta`lim bo`limiga qarashli 45-umumiy o`rta ta`lim maktabi o`quvchilari obodonlashtirish ishlariga jalb qilinganligi holatlari aniqlandi.
Mazkur holat bo`yicha Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan vakolat doirasida tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, prokuratura organlariga yuborildi.