AsosiyJamiyat

Bektemir tumanining ba`zi ko`chalarida tabiiy gaz ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi

'Bektemir tumanining ba`zi ko`chalarida tabiiy gaz ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi'ning rasmi

2021 - 2022 - yillar kuz - qish mavsumiga tayyorgarlik ko`rish maqsadida “Hududgaz Poytaxt” GTFning “Bektemirtumangaz” gaz ta`minoti bo`limi tomonidan “Nurafshon”, “Somon” bozor 1 - 2 - 3 hamda “Porloq” va “Porloq” 1 - tor ko`chalaridagi gaz ta`minotini yaxshilash maqsadida ta`mirlash ishlari rejalashtirilgan. Shu sababli, 2021 - yil 16 - oktyabr kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar ushbu manzildagi aholi xonadonlarida hamda ulgurji iste`molchilarida tabiiy gaz ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” gaz ta`minoti filiali matbuot xizmati xabar berdi.

Ta`mirlash ishlari tugatilgandan so`ng, tabiiy gaz ta`minoti qayta tiklanadi.

"“Hududgaz Poytaxt” gaz ta`minoti filiali ta`mirlash ishlari tufayli gaz ta`minotidagi vaqtincha uzulishlar sababli etkazilayotgan noqulayliklar uchun aholi va gaz iste`molchilaridan uzr so`raydi",–deyiladi xabarda.

Boshqa yangiliklar