AsosiyJamiyat

So`x tumanida 3,8 milliard so`mga ta`mirlangan bog`cha foydalanishga topshirildi

'So`x tumanida 3,8 milliard so`mga ta`mirlangan bog`cha foydalanishga topshirildi'ning rasmi

3,8 milliard so`mlik rekonstruksiya ishlari amalga oshirilgan So`xdagi 14-sonli maktabgacha ta`lim tashkiloti ish boshladi. Bu haqda Farg`ona viloyati hokimligi xabar berdi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, So`x tumani Sharqobod MFY hududidagi 14-sonli maktabgacha ta`lim tashkilotining rekonstruksiyadan so`ng qayta ochilish tadbirida ishtirok etdi.

3,8 milliard so`mlik rekonstruksiya ishlari amalga oshirilgan ushbu maskan, zamon talablari darajasida yuqori saviyada qaytadan tashkil etildi, zarur anjomlar, malakali kadrlar bilan ta`minlandi.

So`xda ikki yil avval 35 foizga etmagan maktabgacha ta`lim bilan qamrov darajasi, bugungi kunga kelib 74,5 foizga etdi.  

Boshqa yangiliklar