AsosiyJamiyat

“Qarshi-Samarqand-Qarshi” yo`nalishida “Afrosiyob” zamonaviy poezdi qatnovi yo`lga qo`yiladi

'“Qarshi-Samarqand-Qarshi” yo`nalishida “Afrosiyob” zamonaviy poezdi qatnovi yo`lga qo`yiladi'ning rasmi

Samarqand xalqaro aeroportining vaqtinchalik yopilishi munosabati hamda yo`lovchilarga qulaylik yaratib, ko`proq transport xizmatlarini ko`rsatish maqsadida 2021 yil 20 oktyabrdan 20 noyabrga qadar “Qarshi-Samarqand-Qarshi” yo`nalishida 772/771-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poezdi qatnovi yo`lga qo`yiladi. Bu haqda Transport vazirligi Axborot xizmati xabar qildi.

Harakat jadvaliga ko`ra bir oy mobaynida “Qarshi-Samarqand” yo`nalishida harakatlanadigan 772 - sonli “Afrosiyob” zamonaviy poezdi har kuni soat 12:20 da Qarshi temir yo`l vokzalidan, “Samarqand-Qarshi” yo`nalishida harakatlanadigan 771-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poezdi esa har kuni soat 14:30 da Samarqand temir yo`l vokzalidan qatnovini amalga oshiradi.

    Boshqa yangiliklar