Namangan viloyatining Yangiqo`rg`on tumanida 2016 yilning dastlabki uch oyi davomida 3 nafar o`quvchi — ikki o`g`il bola va bir qiz o`z joniga qasd qildi. Bu haqda “Vodiy yangiliklari” saytiga asoslanib, “Uz24.uz” xabar bermoqda.
Ma`lumotlarga ko`ra, bu haqda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishning Yangiqo`rg`on tumanida bajarilishini o`rganishga bag`ishlangan kengaytirilgan yig`ilishda ma`lum qilingan.
“Ushbu hodisalarning tub sabablarini aniqlash va bartaraf qilish yuzasidan etarli choralar ko`rilmagan”, — deyiladi hokimlik axborotida.
Ma`lumotlarga ko`ra, 2015 yilda ham tumanda 3 nafar o`quvchi o`z joniga qasd va suiqasd qilgan.





