AsosiyJamiyat

O`zbekiston Prezidenti “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to`g`risida”gi qarorni imzoladi

'O`zbekiston Prezidenti “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to`g`risida”gi qarorni imzoladi'ning rasmi

“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ–5259-son, 16.10.2021 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi ma`lumot berdi.  

Qaror bilan 2021 yil 28 mayda Minsk shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi ishtichokchi-davlatlarining Hukumat rahbarlari kengashi yig`ilishida imzolangan Hamdo`stlik ishtirokchi-davlatlarining geodeziya, kartografiya, kadastr va Erni masofadan turib zondlash sohasidagi o`zaro munosabatlari to`g`risida 1992 yil 9 oktyabrdagi Bitimga o`zgartirishlar kiritish haqidagi bayonnoma tasdiqlandi.  

Davlat soliq qo`mitasi huzuridagi Kadastr agentligi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas`ul vakolatli organ etib belgilandi.  

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin uning qoidalari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta`minlaydi.

    Boshqa yangiliklar