15-17 oktyabr kunlari Gresiyaning Saloniki shahrida sambo bo`yicha yoshlar va o`smirlar o`rtasida jahon chempionati bo`lib o`tdi. Bu haqda O`zbekiston sambo assosiasiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Jahonning kuchli terma jamoalari qatorida ushbu musobaqada o`zbekistonlik sambochilar ham ishtirok etishdi. Quvonarlisi, musobaqa yakuniga ko`ra, yurtdoshlarimiz 6 ta oltin, 3 ta kumush va 8 ta bronza medalini qo`lga kiritishdi. Ushbu natija orqali sambochilarimiz jahon chempionatida umumjamoa hisobida ikkinchi o`rinni egallashdi.
Terma jamoamiz safida quyidagi sportchilarimiz sovrindorga aylanishdi:
Yoshlar:
Oltin:
-64 kg: Shahriyor Mamatqulov
-71 kg: Musoxon Ziyadinov
-50 kg: Sabina Davlatova
Kumush:
-58 kg: Azam Rashidov
-59 kg: Azada Aymuratova
Bronza:
-98 kg: Murod Erkinov
+98 kg: Dilrux Asliddinov
-54 kg: Gulchiroy Ismoilova
-72 kg: Begoyim Xayitova
O`smirlar:
Oltin:
-53 kg: Egambergan Iskandarov
-79 kg: Shaxzodxo`ja Sharipov
-50 kg: Gulhayo Jo`raeva
Kumush:
-47 kg: E`zoza Abdumo`minova
Bronza:
-64 kg: Bexruz Omonov
-88 kg: Mirjalol Normo`minov
-54 kg: Shaxzoda Azatova
-65 kg: Gulina Oblaqulova






