AsosiyJamiyat

O`zbekistondan qadimiy tangalarni olib chiqib ketayotgan shaxs aeroportda qo`lga tushdi

'O`zbekistondan qadimiy tangalarni olib chiqib ketayotgan shaxs aeroportda qo`lga tushdi'ning rasmi

Toshkent xalqaro aeroporti orqali xorijga yo`l olgan fuqaro B.A.ning yuklari bojxona ko`rigidan o`tkazilganda 8 dona Rossiya imperiyasida zarb etilgan qadimiy tangalar borligi aniqlangan. Bu haqda Madaniy meros agentligi xabar berdi.

Mazkur tangalarni olib chiqish uchun fuqaroda tegishli idoralar tomonidan beriladigan ruxsatnomalar bo`lmagan.  

️Eslatma: O`zbekiston Respublikasining 1998 yil 29 avgustdagi “Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi to`g`risida”gi Qonuniga muvofiq ellik yil muqaddam va undan ham oldinroq yaratilgan madaniy boyliklarni O`zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish mumkin emas.

    Boshqa yangiliklar