O`zEOAVMAning Xalqaro media xollida “Mahalla tizimi hamda nodavlat-notijorat tashkilotlarining jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi faol ishtiroki” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.
Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirining birinchi o`rinbosari Gulnora Ma`rufova:
“Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligi tomonidan o`tgan qisqa davr mobaynida sohaning tashkiliy-huquqiy asoslari yanada mustahkamlandi, oilalarni har tomonlama qo`llab-quvvatlash, tizimga yangi ish uslublarini tatbiq etish, mahalla tizimiga aholi muammolari bilan ishlash uchun etarli shart-sharoitlar yaratildi. Mahalla odamlarni bir maqsad yo`lida birlashtiruvchi, jamiyat ishtirokchilarining umummanfaatlarini o`zida aks ettiruvchi muhim va o`ziga xos ijtimoiy institutdir. Davlatimiz rahbari ta`biri bilan aytganda, hamma masala, avvalo, mahallada hal bo`lsagina, odamlar davlatdan va o`z hayotidan rozi bo`ladi”.






