Surxondaryo viloyatining Jarqo`rg`on tumanidagi “Fayz Baraka Charm” MChJga qarashli kushxona 2016 yilda tashkil etilgan bo`lib, Xitoy Xalq Respublikasidan keltirilgan zamonaviy uchkunalar bilan jihozlangan.
Ushbu kushxonada bir kunda 30-40 bosh yirik shoxli, 50-60 bosh mayda mol so`yilayotgan mazkur kushxona tomonidan ayni paytda ichki bozorga arzon va sifatli go`sht mahsulotlari etkazib berilmoqda. Shuningdek, kushxonada doimiy ravishda Davlat veterinariya xizmati ko`rsatilib kelinmoqda.