Ekvadorning Chimborazo viloyatining markaziy hududida yo`lovchi avtobus jarlikka qulab tushishi oqibatida kamida 11 kishi halok bo`ldi.
Bu haqda Ahora Mismo agentligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, yo`l-transport hodisasi natijasida 12 kishi jarohat olgan. Hozirda ularning avholi borasida ma`lumotlar berilganicha yo`q.
Voqea joyiga etib kelgan qutqaruvchilar va polisiya xodimlari halokat sabablarini anishlamoqda.
Izzatbek Abduvahobov tayyorladi