AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev: "Toshkentga kelib, 18 yildan so`ng “propiska” olganman"

'Shavkat Mirziyoev: "Toshkentga kelib, 18 yildan so`ng “propiska” olganman"'ning rasmi

Ayni paytda O`zLiDePdan prezidentlikka nomzod, amaldagi prezident Shavkat Mirziyoev toshkentlik  saylovchilar bilan uchrashuv o`tkazmoqda, deya xabar bermoqda “Darakchi” muxbiri Sardorbek Rahmonqulov.

O`z ma`ruzasi avvalida prezidentlikka nomzod uzoq yillar echimini kutgan uy-joy va “propiska” muammolarining o`z hayotiga bog`liq tomonlarini esladi. 

“Men Jizzaxda  tug`ilganman. Lekin 18 yoshimdan boshlab, mening butun hayotim Toshkent bilan bog`liq bo`ldi. U paytlar yoshlik, ta`lim, bilim olish og`ir bo`lgan. Toshkentga kelib, 18 yildan keyin propiska olganim uchun men buning mashaqqatini yaxshi bilaman. Shuning uchun prezidentlikka kelib,  birinchi navbatda uy masalasiga e`tibor qaratdik. Ko`plab uy-joylar qurildi. Propiska muammosi bekor qilindi”, dedi Shavkat Mirziyoev.

Uchrashuv davom etmoqda. 

    Boshqa yangiliklar