AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev poytaxtning sog`liqni saqlash tizimida yig`ilib qolgan muammolarini sanab o`tdi

'Shavkat Mirziyoev poytaxtning sog`liqni saqlash tizimida yig`ilib qolgan muammolarini sanab o`tdi'ning rasmi

Toshkentlik saylovchilar bilan uchrashuvda amaldagi prezident Shavkat Mirziyoev Toshkent shahrining sog`liqni saqlash tizimida bir qator muammolar yig`ilib qolgani yurtdoshlarimizning haqli e`tirozlariga sabab bo`layotgani haqida aytib o`tdi. Bu haqda yig`ilishdan “Darakchi” muxbiri Sardorbek Rahmonqulov xabar qildi.

Keltirilishicha:

  • poytaxtda mavjud 76 ta poliklinikaning yarmida diagnostika uskunalari 20-30 yildan beri ishlatib kelinadi;
  • 74 ta shifoxonasidan 35 foizi kam quvvatli, 5 tasi ko`p tarmoqli tibbiy xizmatlarni ko`rsata oladi;
  • Sergeli va Yangihayot tumanlarida birorta shifoxona yo`q. Mirobod, Yakkasaroy, Yunusobod va Bektemir tumanlarida esa, tug`ruqxona mavjud emas4
  • Yakkasaroydagi 3-son bolalar yuqumli kasalliklari, Shayxontohurdagi bolalar kardio-revmatologiyasi, Yunusoboddagi 7-son shifoxonalaridagi sharoitlar ayniqsa, ayanchli ahvolda. 

 

Qanchalik og`ir bo`lmasin, bu muammolar bor”, dedi Shavkat Mirziyoev. Shu bois, Toshkent shahrida “Sog`lom turmush va sifatli tibbiyot” dasturini amalga oshiriladi. Avvalambor, birlamchi bo`g`inda: 

  • poytaxtning 575 ta mahallasida “tibbiyot brigadalari” tashkil etilib, ular tomonidan, diabet, ayollar onkologiyasi, homila nuqsoni, qamqonlik, va parazitar kasalliklar bo`yicha skrining tekshiruvlari amalga oshiriladi;
  • 13 ta yangi oilaviy poliklinika quriladi, 25 tasi to`liq ta`mirlanib, eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlanadi;
  • barcha bolalar shifoxonalari va tug`ruqxonalar ta`mirlanib, jihozlanadi;
  • ayollaronkologiyasi, ko`z va sil kasalliklarini barvaqt aniqlash maqsadida, 5 ta tibbiy diagnostika avtobusi orqali, shahar mahallalari va yirik korxonalarda muntazam skrining tadbirlari yo`lga qo`yiladi;
  • kelgusi yilda 50 ta va keyinchalik yana 100 ta tez tibbiy yordam mashinasi olinadi, shu orqali chaqiruvga kechikish holatlariga barham beriladi.

Mirobod, Yakkasaroy, Yunusobod va Yangihayot tumanlarida poliklinika, diagnostika markazi, zamonaviy laboratoriya, tug`ruqxona va ko`p tarmoqli shifoxonani o`ziga qamrab olgan tibbiyot klasterlari tashkil etiladi.

Natijada, shahar shifoxonalarida, 30 turdagi xirurgiya, 15 turdagi endokrinologiya va 12 turdagi kardiologiya yangi davolash amaliyotlari joriy etiladi.

Bu – respublika ixtisoslashgan tibbiyot markazlariga murojaatlarni 4 barobarga kamaytiradi.

Ushbu maqsadlar uchun, kelgusi besh yilda byudjetdan 2 trillion so`m mablag` ajratiladi.

Shu bilan birga, kelgusi ikki yilda poytaxt aholisi uchun, davlat tibbiy sug`urta tizimini joriy etish boshlanadi.

Yana bir masalaga e`tiboringizni qaratmoqchiman. Xalq orasida “Yangi ToshMI” deb tanilgan Toshkent tibbiyot akademiyasining 1,1 ming o`rinliklinikasi 40 yildan beri, biror marta kapital ta`mirlanmagan.

    Boshqa yangiliklar