Sport musobaqalari bo`yicha Osiyo va Jahon chempionatlarini o`zimizda o`tkazish bo`yicha boshlangan ishlar davom ettirilib, Toshkent shahrida 2024 yilgacha “Olimpiya shaharchasi” quriladi, deya xabar berdi “Darakchi” muxbiri Sardorbek Rahmonqulov.
Bu haqda O`zLiDePdan ko`rsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoev toshkentlik saylovchilar bilan bo`lib o`tgan uchrashuvda ma`lum qilgan.
Shuningdek, yangi tariximizda ilk bor shu yil dekabr oyida Og`ir atletika bo`yicha jahon chempionatiga Toshkent shahri mezbonlik qiladi. 2022 yilda Dzyudo, 2023 yilda Boks bo`yicha jahon chempionatlari, 2025 yilda Yoshlar Osiyo o`yinlari ham poytaxtimizda o`tkaziladi.






