Bog`ot tumanida fuqaroning o`qishini ko`chirib berishni va`da qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar bermoqda.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bog`ot tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro T.R. boshqa bir fuqaro U.ning ishonchiga kirib, uning qo`shni Qirg`iziston Respublikasi universitetidagi o`qishini 2 500 AQSh dollari evaziga Urganch davlat universitetiga ko`chirib berishni va`da qilib, shundan 2 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






