AsosiyJamiyat

Byudjet buyurtmachilari tomonidan 458 ta tanlovda qiymati 141 milliard so`mlik qonun buzilishiga yo`l qo`yilgan

'Byudjet buyurtmachilari tomonidan 458 ta tanlovda qiymati 141 milliard so`mlik qonun buzilishiga yo`l qo`yilgan'ning rasmi

Monitoring natijalariga ko`ra, byudjet buyurtmachilari tomonidan qiymati 141 mlrd so`mlik 458 ta tanlovda qonun buzilishiga yo`l qo`yilgan. Bu haqda  O`zEOAVMAning Xalqaro media xollida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda “Davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi: O`zbekiston tajribasi va xorij amaliyoti” mavzusidagi davra suhbatida ma`lum qilindi.  

 Ma`lum qilinishicha, monitoring natijalari bo`yicha byudjet buyurtmachilari tomonidan qiymati 141 milliard so`mlik 458 ta tanlovda «Davlat xaridlari to`g`risida»gi va «Raqobat to`g`risida»gi Qonunlar talablari buzilishiga yo`l qo`yilganligi aniqlangan.

Tahlillarga ko`ra, yuqoridagi qonunbuzilish holatlarining kelib chiqishiga byudjet buyurtmachilari tomonidan qonunda qat`iy belgilangan davlat xaridlariga oid hujjatlar va ishtirokchilarga qo`yilgan talablar ochiq e`lon qilinishi ta`minlanmagani sabab bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar