2021 yil 19 oktyabr kuni O`zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashining kengaytirilgan yig`ilishi bo`lib o`tdi. Unda tashkiliy masala ko`rildi, Toshkent shahri bosh imom-xatibi sifatida ishlab kelayotgan Nuriddin domla Xoliqnazarov O`zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozimiga saylandi. Bu haqda O`zbekiston musulmonlari idorasi Azborot xizmati xabar bermoqda.
Ma`ulm qilinishicha, Nuriddin domla Xoliqnazarov 1968 yilda Andijon viloyati Asaka shahrida tug`ilganlar. 1992 yilda Buxoro viloyatidagi Mir Arab madrasasi, 1998 yilda Imom Buxoriy nomli Toshkent islom institutini, 2007 yilda esa Farg`ona davlat universitetini tamomlaganlar.
Ish faoliyatlari davomida Asaka shahridagi “Ahmadali Maxdum” masjidi imom-xatibi, Toshkent shahri “Oq tepa” jome masjidi imom-xatibi, poytaxtdagi “Ko`kaldosh”, Andijon viloyatidagi “Sayyid Muhyiddin maxdum” madrasalari o`qituvchisi, Andijon viloyati bosh imom-xatibi va 2019 yildan shu kunga qadar Toshkent shahar bosh imom-xatibi vazifalarida mehnat qilayotgan edi.
Eslatib o`tamiz, Nuriddin Xoliqnazarov o`rniga Toshkent shahriga yangi bosh imom-xatibi etib Sayfuddinov Rahmatulloh tayinlandi.
Ma`lumot uchun, O`zbekiston musulmonlari idorasining avvalgi raisi, muftiy Usmonxon Alimov 71 yoshida vafot etgan edi.






