AsosiyJamiyat

Malaka toifasini berish attestasiyasi bo`yicha hujjatlar vazirlik huzuridagi Innovasion sog`liqni saqlash milliy palatasida qabul qilinmoqda — SSV

'Malaka toifasini berish attestasiyasi bo`yicha hujjatlar vazirlik huzuridagi Innovasion sog`liqni saqlash milliy palatasida qabul qilinmoqda — SSV'ning rasmi

Innovasion sog`liqni saqlash milliy palatasi va uning hududiy bo`linmalari huzuridagi tibbiyot va farmasevtika xodimlariga malaka   toifasi berish bo`yicha ixtisoslashtirilgan attestasiya komissiyalari yig`ilishi jadvali tasdiqlandi. Bu haqda SSV Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Palataning ilk attestasiyalari joriy yilning 23 oktyabridan boshlanmoqda.

Eslatib o`tamiz, 2021 yil 5 maydagi “Sog`liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish va tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish to`g`risida”gi Prezident farmoniga ko`ra, Innovasion sog`liqni saqlash milliy palatasi Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi vrachlar va farmasevtlarga lisenziya berish va attestasiyadan o`tkazish Respublika markazini qo`shib olish yo`li bilan qayta tashkil etilgan edi.

Qarorga ko`ra, Innovasion sog`liqni saqlash milliy palatasiga tibbiyot va farmasevtika xodimlarini attestasiyadan o`tkazish va ularga malaka toifalarini berish vakolati berilgan.

Palataning hududiy bo`linmalar huzurida tashkil etilgan attestasiya komissiyalari tomonidan  vrach va farmasevtlarga – uchinchi, ikkinchi hamda birinchi  malaka toifalarini, “Oliy hamshiralik ishi” mutaxassisligiga ega bo`lgan hamshiralar, o`rta tibbiyot va o`rta farmasevtika xodimlariga esa ikkinchi, birinchi va oliy malaka toifalarini berish bo`yicha attestasiyalar o`tkaziladi.

    Boshqa yangiliklar