AsosiyJamiyat

Sho`rchida "GAZ 53" avtomashinasining haydovchisi 58 yoshli ayolning umriga zomin bo`ldi (video)

'Sho`rchida "GAZ 53" avtomashinasining haydovchisi 58 yoshli ayolning umriga zomin bo`ldi (video)'ning rasmi

Surxondaryo viloyati Sho`rchi tumanida «GAZ-53» yuk mashinasi yo`lni kesib o`tayotgan piyodani urib yuborgan. Oqibatda 58 yoshli ayol tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma`lum qilinishicha, joriy yil 11 oktyabr kuni soat 17:10 larda M41 Bishkek-Dushanbe-Termiz xalqaro avtomobil yo`lining Sho`rchi tumani Elbayon mahallasi hududidan o`tgan 1513-kilometrida odam o`limi bilan bog`liq yo`l-transport hodisasi sodir bo`lgan. 1993 yilda tug`ilgan haydovchi «GAZ-53» yuk mashinasi bilan Sho`rchi-Qumqo`rg`on yo`nalishida harakatlanib kelib, boshqaruvni yo`qotgan. So`ng yo`lning belgilanmagan joyidan kesib o`tayotgan 1963 yilda tug`ilgan ayolni urib yuborgan. Oqibatda ayol og`ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan. 

Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, «GAZ 53» yuk mashinasi haydovchisi qoidalarni buzib me`yordan oshiq tezlikda harakatlangan. Shuningdek, piyoda ham yo`lning belgilanmagan joyidan kesib o`tgan.

    Boshqa yangiliklar