Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Surxondaryo viloyati boshqarmalari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan fuqaro Z.A. fuqaro K.ning ishonchiga kirib, unga 2 000 AQSh dollari evaziga uy olish uchun subsidiya ballarini yig`ib berish orqali uy olib berishni va`da qilib, shundan 100 AQSh dollarini olib, qolgan 1 900 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bundan tashqari, Z.A. 2020 yilda 8 nafar fuqaroni tanishlari orqali Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filialiga o`qishga kiritib qo`yishga ishontirib, evaziga ularning jami 19 800 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






