AsosiyJamiyat

Davlat xavfsizik xizmati Akademiyasiga qabul boshlandi

'Davlat xavfsizik xizmati Akademiyasiga qabul boshlandi'ning rasmi

Amir Temur nomidagi O`zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizik xizmati Akademiyasida bakalavriat ta`lim yo`nalishi bo`yicha kunduzgi ta`lim shaklida o`qishga nomzodlarni saralab olish bo`yicha tanlovda ishtirok etish uchun ro`yxatdan o`tish boshlandi. Bu haqda Amir Temur nomidagi O`zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Akademiyasi "Darakchi"ga  ma`lum qildi:

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 27 apreldagi 241-son qaroriga muvofiq, 2022/2023 o`quv yilida Amir Temur nomidagi O`zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizik xizmati Akademiyasida bakalavriat ta`lim yo`nalishi bo`yicha kunduzgi ta`lim shaklida o`qishga nomzodlarni saralab olish bo`yicha tanlovda ishtirok etish uchun ro`yxatdan o`tish boshlanganligini e`lon qilamiz. 

Tanlovda mazkur qaror talablariga muvofiq, O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o`tagan yoki o`tayotgan, 
shu jumladan, harbiy xizmatga chaqiriluvchi bo`lgan umumiy o`rta, o`rta maxsus va professional ta`lim muassasalarining bitiruvchilari, erkak jinsidagi, sog`lig`ining holatiga ko`ra harbiy xizmatga yaroqli deb topilgan, bo`yi 170 sm dan past bo`lmagan O`zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishi mumkin. 

Tanlovda ishtirok etish uchun dxx.dtm.uz rasmiy veb-sayti orqali joriy yilning 10 noyabr sanasiga qadar ro`yxatdan o`tishlari mumkin.

Ro`yxatdan o`tish tartibi to`g`risidagi Yo`riqnoma yuqoridagi veb-saytda keltirilgan.

 

    Boshqa yangiliklar