Ijtimoiy tarmoqlarda Marg`ilon shahar "Xo`ja Porso" jome` masjidi buzib tashlanayotganligi haqida xabarlar e`lon qilindi. Mazkur e`lon qilingan murojaat yuzasidan Madaniy meros agentligi xizmat tekshiruvi olib bormoqda.
Ma`lum bo`lishicha, 2020 yil 14 avgustdagida “Xoja Porso” jome` masjidiga tashrif buyuruvchi namozxonlarga qulaylik yaratish maqsadida masjid hududida qo`shimcha bino inshootlarini qurish bo`yicha taklif loyihasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti qoshidagi Ilmiy-ekspert kengashiga taqdim qilingan.
Marg`ilon shahar "Xo`ja Porso" mahallasi "Baxtiyorlik" ko`chasi 100-uyda joylashgan “Xo`ja Porso” jome` masjidi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktyabrdagi “Moddiy madaniy merosning ko`chmas mulk obektlari milliy ro`yxatini tasdiqlash to`g`risida”gi 846-sonli qaroriga asosan Moddiy madaniy merosning ko`chmas mulk obektlari milliy ro`yxatiga kiritilgan.
“Xo`ja Porso” jome` masjidi O`zbekiston Musulmonlari idorasi Farg`ona viloyati vakilligi tomonidan rasmiy namozxona sifatida foydalanib kelinmoqda.
Ushbu masala yuzasidan bugun 20-oktyabr kuni Farg`ona viloyat hokimi Hayrullo Bozarov boshchiligidagi ishchi guruh Marg`ilon shahridagi “Xo`ja porso” masjidiga tashrif buyurib holat bilan atroflicha tanishdi.
Tanishish davrida ushbu tarixiy bino 2000 yillardayoq avariya holatiga kelib qolganligi va bu xususda 2019 yil 23-noyabrda Farg`ona viloyat QShN inspeksiyasi tomonidan binoning texnik xolati bo`yicha xulosasi olinganligi ma`lum bo`ldi.
Unga ko`ra, Marg`ilon shahar “Xo`ja-Porso” m.f.y Baxtiyorlik ko`chasi 100-uyda joylashgan “Xo`ja-Porso” masjidining asosiy bino va inshootlardan samarali foydalanish muddati o`tganligi, ma`naviy, jismoniy eskirganligi va rekonstruksiya xarajatlarini hisobga olgan holda yangi loyihaviy echim asosida yangidan qurishga tavsiya berilgan.
Ushbu tavsiyadan kelib chiqqan holda 2020 yilda Farg`ona shahar “Ko`chmas mulk dizayn loyiha” MChJ tomonidan “Xo`ja-Porso” masjidining loyiha-smeta hujjatlari tayyorlangan.
“Xo`ja Porso” jome` masjidi hududiga qo`shimcha bino inshootlari qurish va rekostruksiya qilish bo`yicha tuzilgan mazkur taklif-loyiha O`zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi (departamenti) qoshidagi Ilmiy-ekspert kengashiga taqdim qilingan. Madaniy meros agentligi (departamenti) Ilmiy-ekspert kengashining 2020 yil 23-noyabrdagi 32-sonli bayonini 18-bandida taklif-loyiha ma`qullangan.
Mazkur tegishli xulosa olingandan so`ng masjidning tarixiy qismidagi me`moriy detellar malakali restavrator tomonidan markirofka qilinib (raqamlanib) echib olingan. Ayni kunlarda masjidning tarixiy ayvon qismi qayta tiklash ishlari boshlangan. O`ylaymizki, qayta tiklash ishlari tez fursatlarda yakuniga etkaziladi.
Hozirda Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi tomonidan mazkur holat yuzasidan olib borilayotgan xizmat tekshiruvi o`tkazilmoqda. Tekshirish natijalari to`g`risida qo`shimcha ma`lumot beriladi.






