AsosiyJamiyat

O`zbek tili O`zbekistonda qanday qadr topmoqda?

'O`zbek tili O`zbekistonda qanday qadr topmoqda?'ning rasmi

   1989 yilning 21 oktyabr kuni “Davlat tili to`g`risida”gi Qonun qabul qilinib, unga ko`ra  O`zbek tiliga - Davlat tili maqomi berilgan. “O`zbek tili bayrami kunini belgilash to`g`risida” 2020 yil 10 aprelda qabul qilingan O`zbekiston Respublikasi Qonunining (O`RQ-615-son) 1-moddasi bilan 21 oktyabr sanasi O`zbek tili bayrami kuni etib belgilandi. Shu bilan birga so`nggi yillarda o`zbek tilini davlat tili sifatidagi mavqei va nufuzini oshirish bo`yicha bir qancha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bular qonunchilikda va yana bir qancha amaliy ishlarda o`z aksini topmoqda. Kun munosabati bilan ularning ayrimlari haqida to`xtalib o`tamiz. 

                      RAHBAR KADRLAR DAVLAT TILINI BILIShI ShART!

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Rahbar kadrlar va mas`ul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslarning davlat tilini bilish darajasini aniqlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi 2021 yil 4 fevraldagi 52-son qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorga muvofiq, 2021 yil 1 apreldan boshlab, mas`ul lavozimga tayinlanadigan rahbar kadrlarning davlat tilini bilish darajasini belgilovchi sertifikat olishi talabi joriy etildi.

1 YaNVARDAN BARChA TAShKILOTLAR LOTIN YoZUVIGA ASOSLANGAN O`ZBEK ALIFBOSIGA TO`LIQ O`TADI

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to`liq o`tishni ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida” 2021 yil 10 fevraldagi 61-son qarori qabul qilindi.

Ushbu qarorga ko`ra, 2023 yil 1 yanvardan boshlab, butun respublika miqyosida davlat organlari va tashkilotlarning lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosiga to`liq o`tishi belgilandi. 

     MA`LUMOTLARNING DAVLAT TILIDA TAQDIM ETILIShI ShARTLIGI BELGILANMOQDA

Shuningdek, yaqinda  “Iste`molchilarning huquqlarini himoya qilish to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga qo`shimcha va o`zgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatalri tomonidan ko`shrib chiqildi. Hujjat bilan tovar va xizmatlar to`g`risidagi ma`lumotlar davlat tilida taqdim etilishi shartligi belgilanmoqda

                               ONLAYN LUG`AT YaRATILDI

O`zbek tilining izohli lug`ati”ga kiritilgan barcha so`zlar o`rin olgan “ilugʻat” mobil ilovasi hamda uning oflayn kompyuterlarda ishlay oladigan desktop dasturi ishlab chiqildi. Lug`atdan onlayn foydalanish va mobil ilova hamda kompyuter dasturini yuklab olish uchun http://ilugat.uz sayti yaratildi.

                           OTMlarda YaNGI FAN JORIY ETILDI 

Barcha oliy ta`lim muassasalarida 2021/2022 o`quv yilidan boshlab “O`zbek tilining sohada qo`llanilishi” fani o`qitish tizimi yo`lga qo`yildi.

                   IJTIMOIY TARMOQNING INTERFEYSIGA O`ZBEK TILI KIRITILDI

Foydalanuvchilari soni 500 million nafarni tashkil etuvchi “Likee” ijtimoiy tarmog`ining interfeysiga o`zbek tili kiritildi.

                        YURTDOSHLAR.UZ SAYTI IShGA TUShIRILDI

Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarning madaniy va til o`zligini, ularning milliy an`ana va qadriyatlar bilan uzviyligini saqlab qolish maqsadida yurtdoshlar.uz sayti ishga tushirildi.

                      “QADRING BALAND BO`LSIN, ONA TILIM” 

Bundan tashqari o`zbek tilining davlat tili sifatida nufuzini yanada oshirish, uni milliy qadriyat sifatida targ`ib qilish hamda davlat tiliga oid muammolarni hal etishda ilmiy-amaliy yondashuvni rivojlantirish maqsadida “Qadring baland bo`lsin, ona tilim” an`anviy respublika tanlovi joriy etildi. Hozirda ushbu tanlovning mavqei xalqaro maydonda alohida o`ringa ega bo`ldi. 

Bugun, O`zbekistonda til bayrami. Til bu millat demakdir. Zero, yaqin o`n kunlardan buyon ijtimoiy tarmoqlarda ham o`zbek tiliga bag`ishlangan turli tuman videochiqishlar va chellenjlar tobora avj oldi. Davlat rahbari e`tibor qaratgan milliy o`zlik va millat tili bugun yana o`z mavqeini qayta tiklamoqda, shubhasiz.

    Boshqa yangiliklar