AsosiyJinoyat

Buxoroda iste`molga yaroqsiz paxta yog`i ishlab chiqarganlar aniqlandi

'Buxoroda iste`molga yaroqsiz paxta yog`i ishlab chiqarganlar aniqlandi'ning rasmi

Buxoro viloyati G`ijduvon tumani huquqni muhofaza qiluvchi organlari idoralari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida Buktaroy mahallasida yashovchi, 1995 yilda tug`ilgan M.M. o`zining yashash xonadonida yashirin sex tashkil etgani aniqlandi.

U qo`lbola usulda chigitdan olingan 100 litr paxta yog`ini 2.300.000 so`mga o`zga bir fuqaroga sotayotgan vaqtda qo`lga olingan.

Tadbir davomida mazkur shaxsdan 100 litr miqdordagi qo`lbola usulda chigitdan olingan juvoz yog`i va uskunalar ashyoviy dalil sifatida olib qo`yilgan.

Ushbu holat yuzasidan M.M. ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 186/2-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilayotgani aytilmoqda.

Boshqa yangiliklar