Shavkat Mirziyoevning nutqidan Jizzax viloyatida aynan yoshlar, ayollar va oilaviy tadbirkorlik uchun ajratilishi kutilayotgan mablag`lar haqida umumiy jamlangan ma`lumotlarni taqdim etamiz.
Demak, mazkur yo`nalishlar bo`yicha:
- viloyatning har bir tumanidan 10 tadan salohiyatli korxonalar saralab olinib, ularni tashqi bozorga olib chiqish dasturlari ishlab chiqilib, buning maqsadlarga 50 million dollar imtiyozli mablag`lar;
- 50 mingdan ziyod yoshlar – tadbirkorlikka, 28 ming nafari – talab yuqori bo`lgan kasb-hunarlarga o`rgatilib, bunga yiliga 50 milliard so`m;
- yoshlarning tadbirkorlik loyihalari uchun 1 trillion so`m kredit;
- har yili viloyatda “100 nafar faol tadbirkor ayol” tanlovi o`tkazilib, ularga 100 million so`mgacha imtiyozli kredit;
- ayollar tadbirkorligini rivojlantirish uchun 200 milliard so`m ajratiladi.
“Bu mablag`ni ishlatilishiga qarab, yana ko`paytirishga tayyorman. Umuman olganda, viloyatda oilaviy tadbirkorlik dasturlari uchun har yili kamida 600 milliard so`m imtiyozli kredit yo`naltiriladi”, - dedi amaldagi prezident.
Sardorbek Rahmonqulov, yig`ilishdan maxsus






