Kuni kecha Saida Mirziyoeva ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida o`choqda ovqat pishirayotgani bilan bog`liq suratni ulashdi.
U shu rasmga qoldirgan izohida o`zbek urf-odatlari haqida so`z yuritarkan, oila davrasida vaqt o`tkazishga hech narsa etmasligini ta`kidlaydi.
"O`choqda pishgan ovqat baribir boshqacha totli bo`ladi. Ishdan keyin shirin ovqatlar qilib, achchiq choylarni damlab, uyda turmush o`rtoq va farzandlar bilan vaqt o`tkazishga hech narsa etmaydi. Ayniqsa, mehmonga oyijonim kelsalar, uyimiz haqiqiy bayramga aylanib ketadi. O`zimizning urf odatlarga teng keladigani yo`q",–dedi Saida Mirziyoeva.