Marg`ilon shahrida18 oktyabr kuni fuqaro D.N M.A.ni ishonchiga kirib, “Auksion” savdosidan arzon er maydoni olib berishini aytib, 60.000.000 so`m pullarini olib, va`dasini bajarmay o`z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan Marg`ilon shahar IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo`lishini esdan chiqarmang.
Yuqorida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.






