AsosiyJamiyat

“Qamchiq” dovonida yuk mashinasi halokatga uchradi

'“Qamchiq” dovonida yuk mashinasi halokatga uchradi'ning rasmi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari “Qamchiq” dovonidagi baxtiz hodisa oqibatlarini bartaraf etishdi.

21-oktyabr kuni soat 17:00 atrofida Toshkent-O`sh xalqaro avtomobil yo`lining “Qamchiq” dovonidan o`tgan 226-kilometrida baxsiz hodisa yuz berdi. “DAF”  rusumli yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo`qotib, temir yo`lakka borib urilgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining “Qamchiq” maxsus qidiruv, yong`in-qutqaruv boshqarmasining qutqaruvchilari darhol voqea joyiga etib kelib, avariya oqibatlarini bartaraf etish ishlarini amalga oshirgan. Qutqaruv ishlariga boshqarmaning maxsus texnikasi ham jalb qilingan.

Qurbonlar va jarohatlanganlar qayd etilmagan.

    Boshqa yangiliklar