AsosiyJamiyat

"Qamchiq"da hamon qor yog`moqda. YHXBB ogohlantirish bilan chiqdi

'"Qamchiq"da hamon qor yog`moqda. YHXBB ogohlantirish bilan chiqdi'ning rasmi

"Qamchiq" dovonidan o`tgan avtomobil yo`lining 221-246 kilometrlari oralig`ida vaqti-vaqti bilan maydalab qor yog`moqda, deya xabar bermoqda IIV YHXBB Axborot xizmati. 

Ma`lum qilinishicha, yo`llar ochiq, muzlamalar mavjud emas. Lekin asfalt nam bo`lganligi bois sirpanchiqlik mavjud.  

"Barcha haydovchilardan ob-havo sharoitini inobatga olgan holda tezlikni me`yordan oshirmasdan, oraliq masofani saqlab harakatlanishlarini so`raymiz", - deyiladi xabarda. 

Eslatib o`tamiz, sal avval "Qamchiq" dovonida yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo`lgani xabar qilingan edi. 

    Boshqa yangiliklar