Toshkent shahrida jamoat transporti harakatini kuzatib borish uchun mo`ljallangan mobil ilovalarga ma`lumotlar uzatilishida uzilishlar bo`lishi mumkin. Bu haqda "Toshshahartransxizmat" AJ ma`lum qildi:
Hurmatli yo`lovchilar va shahrimiz mehmonlari!
"Toshshahartransxizmat" AJning avtomatlashtirilgan dispetcherlik nazorati va monitoringi tizimida profilaktik ishlar olib borilayotganligi sababli, 23, 24, 25 oktyabr kunlari Toshkent shahrida jamoat transporti harakatini kuzatib borish uchun mo`ljallangan mobil ilovalarga ma`lumotlar uzatilishida uzilishlar bo`lishini ma`lum qilamiz.
«Toshshahartransxizmat» AJ keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so`raydi.






