AQSh prezidenti Jo Bayden afg`on fuqarolariga yordam ko`rsatish uchun qo`shimcha mablag` ajratadi.
Qayd etilishicha , prezident qochqinlar va muhojirlarga favqulodda yordam jamg`armasidan 976,1 million dollargacha mablag` sarflashga ruxsat berdi.
Ajratiladigan mablag`lar Afg`onistondan kelgan qochqinlarning ehtiyojlariga va Afg`onistonda xavf ostida qolganlarni maxsus joylarga o`tkazishga sarflanadi.
Ma`lumot uchun, Jo Bayden shunga o`xshash memorandumlarni iyul (100 million dollar) va avgust oylari oxirida (500 million dollar) ham imzolagan edi.