AsosiySport

Xavi murabbiylik faoliyatidagi ettinchi sovrinni yutdi

'Xavi murabbiylik faoliyatidagi ettinchi sovrinni yutdi'ning rasmi

Xabaringiz bor, kuni kecha Xavi murabbiyligidagi "Al Sadd" Qatar amiri Kubogida g`olib chiqdi. Finalda "Al Rayyan"ni (1:1, 5:4 penaltilar bo`yicha) mag`lub etdi.

Bu Xavining murabbiylik faoliyatidagi ettinchi sovrin hisoblanadi.

Ma`lumot uchun, Xavi 2019 yildan buyon "Al-Sadd" bosh murabbiyi sifatida klubni boshqarmoqda. Ortda qolgan vaqt davomida u  Qatar amir Kubogi, ikki marta Qatar valiahd shahzodasi Kubogi, Qatar chempionati, Yassim shayx Kubogi va Qatar yulduzlar Kubogini qo`lga kiritgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar