AsosiyJamiyat

Kecha O`zbekistonda 380 kishida koronavirus aniqlandi

'Kecha O`zbekistonda 380 kishida koronavirus aniqlandi'ning rasmi

2021 yil 23 oktyabr holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 183569 (+378) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV ma`lum qildi.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 17 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,  
  • 12 nafari Andijon viloyatida,
  • 11 nafari Buxoro viloyatida,
  • 7 nafari Jizzax viloyatida,
  • 4 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 2 nafari Navoiy viloyatida,
  • 20 nafari Namangan viloyatida,
  • 36 nafari Samarqand viloyatida,
  • 13 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 25 nafari Farg`ona viloyatida,
  • 19 nafari Xorazm viloyatida,
  • 104 nafari Toshkent viloyatida,
  • 108 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog`iston Respublikasida 12 nafar,
  • Andijon viloyatida 3 nafar,
  • Buxoro viloyatida 3 nafar,
  • Jizzax viloyatida 9 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 2 nafar,
  • Namangan viloyati 19 nafar,
  • Samarqand viloyatida 8 nafar,
  • Sirdaryo viloyati 21 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 2 nafar,
  • Toshkent viloyatida 86 nafar,
  • Toshkent shahrida 38 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 179222 (+203) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1304 nafarni tashkil qildi.

 

    Boshqa yangiliklar