Buvayda tumanining Qoraqum mahallasida istiqomat qiluvchi 126 yoshli Xuvaydo momo Umarova o`zi yura olmasligi sababli 470- uchastka saylov komissiyasidan saylovni xonadonida tashkil etishni iltimos qildi.
470-saylov komissiyaning 2 nafar a`zosi ko`chma saylov qutisi bilan Xuvaydo momoning xonadoniga borishdi.Ular saylovchining xohish-irodasi sir saqlanishiga rioya etgan holda o`zi tanlagan munosib nomzodga birinchilardan bo`lib ovoz berdi.






